Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 5168 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/MfT9N2bfsl |
| Сарлавҳа | #Qonunchilikdagi_yangiliklar |
| Матн | O'zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi “O'zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-197-son, 28.05.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, Oliy sport mahorati instituti negizida O'zbekiston davlat sport akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi. Quyidagilar 2025/2026 o'quv yilidan Akademiya huzuriga o'tkaziladi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti; Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari. Sport sohasida natijalari yuqori bo'lgan davlatlarning yetakchi oliy sport-ta'lim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi. Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoalari a'zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi. ✅ Sportchilarga xorijiy tillar va O'zbekiston tarixini chuqurlashtirilgan holda o'rgatish maqsadida Akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini o'z ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan O'zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o'qitish markazi tashkil etiladi. Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-12-27 |
| Кўриш | 486 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |