#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД5173
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/Y94U3k8cbc
Сарлавҳа#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Матн

 

Bolalar sog'lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi

“Bolalar sog'lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-199-son, 29.05.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra,  tadbirkorlik subyektlari va xo'jalik yurituvchi subyektlarni jalb etgan holda belgilangan statsionar bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali o'zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:

oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta'mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta'mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta'mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.

Bunda mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.

 Shuningdek, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ularni o'zini o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tkaziladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2024-12-26
Кўриш763
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive