Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 521 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/o6at4n52HZ |
| Сарлавҳа | QANDAY HOLATLAR MUALLIFLIK VA TURDOSH HUQUQLAR BUZILISHIGA OLIB KELADI? |
| Матн |
Qonunchilikka koʻra, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzilishga quyidagilar kiradi: mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish; ijrochining ismi-sharifga boʻlgan va ijroni har qanday tarzda buzib koʻrsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz qilinishidan himoya qilish huquqlarini buzish; huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish; haq toʻlash toʻgʻrisidagi talablarni buzish; asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha olingan huquqlarni oshirib yuborgan holda foydalanish; huquq egalarining mulkiy huquqlarini boshqacha tarzda buzish. Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusxalari kontrafakt nusxalar hisoblanadi.
G`anisher Mahmudov Bog`ot tuman adliya bo`limi bosh maslahatchisi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-09-19 |
| Кўриш | 941 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |