Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 581 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/NcuISLFmMy |
| Сарлавҳа | Ish haqini natura shaklida to'lash tartibi belgilandi. |
| Матн | “Ish haqini natura shaklida to'lashni tartibga solish to'g'risida” gi hukumat qarori (286–son, 13.07.2023 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, mehnatga natura shaklida haq to'lanishi xodimning yozma roziligiga asosan quyidagi hollarda mumkin: -xodim yoki uning oilasi iste'moli uchun ishberuvchi tomonidan ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan oziq-ovqat hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish; o'ziga xizmat ko'rsatilishi va uy xo'jaligini yuritishda ko'maklashish maqsadida uy xizmatchilarini yollagan ishberuvchilar tomonidan uy xizmatchilariga oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta'minlash shaklida hisob-kitob qilish. Shuningdek, ish haqini natura shaklida to'lash sharti xodimning roziligi asosida u bilan tuziladigan mehnat shartnomasida ko'rsatiladi. Bunda ish haqining natura shaklidagi umumiy summasi 30 foizdan ortiq bo'lishi mumkin emas. Xodimning yozma roziligidan qat'I nazar uning ishhaqi dan: 50 foizgacha miqdorda ushlab qolinsa – xodimga natura shaklida to'lanadigan ish haqining umumiy summasi 10 foizdan ortiq bo'lishi mumkin emas; 50 foizdan ortiq miqdorda ushlab qolinsa – xodimga ish haqini natura shaklida to'lash taqiqlanadi. Ish haqini natura shaklida to'lashda quyidagilar taqiqlanadi: -xodimning oylik mehnat haqi qonunchilikda Mehnatga haq to'lash yagona tarifsetkasining birinchi razryadi bo'yicha belgilangan miqdordan oz bo'lganda, ish haqini natura shaklida to'lash; -qishloq xo'jaligi Tovar va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlarning narxini ularning tannarxidan yuqori belgilash; -alkogol, tamaki mahsulotlari, dori vositalari, kannabis o'simligi hamda qonunchilikda realizasiya qilish (berish) taqiqlangan o'simlik va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish; -uy xizmatchilarini yollagan ish beruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan oziq-ovqatlar narxini va uy-joydan vaqtincha foydalanganlik uchun to'lovlar miqdorini haqiqiy bozor narxidan yuqori narxda belgilash.
Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko`rsatish boshlig`i N.Nurjonov
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-09-28 |
| Кўриш | 142 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |