️Shtat qisqarishi natijasida ishdan bo‘shatilgan xodimlar tashkilotda yangi ish o‘rni bo‘lishi bilanoq ishga olinishi shart

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД601
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/Uqj6wqOQ7S
Сарлавҳа️Shtat qisqarishi natijasida ishdan bo‘shatilgan xodimlar tashkilotda yangi ish o‘rni bo‘lishi bilanoq ishga olinishi shart
Матн

 Davlat organlari yoki xodimlarning vakillik organlariga saylanganligi uchun ishdan bo‘shatilgan xodimlarga vakolatlari tugagandan keyin avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa boshqa teng ish (lavozim) beriladi.

Harbiy xizmatga chaqirilgan xodim harbiy xizmatdan zaxiraga bo‘shatilganidan yoki iste’foga chiqarilganidan keyin, avvalgi ish joyiga bo‘shatilganidan boshlab 3 oydan kechikmay murojaat qilsa, ishga joylashishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi.

Tashkilot qayta tashkil etilganda harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslarni ishga joylashtirishni tashkilotning huquqiy vorisi, tashkilot tugatilganda esa mahalliy mehnat organi amalga oshiradi.

 Yuqoridagi kafolatlarni xodimlarga ish berish imkoni bo‘lmaganida mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirishni, zarur bo‘lganda esa ularni bepul kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlaydi.

Tashkilotda shtat qisqargandan keyin 6 oy ichida bo‘sh ish o‘rni ochilsa, shtatlar qisqarishi natijasida ishdan bo‘shatilgan xodimlar yangi paydo bo‘lgan ish o‘rniga ishga qabul qilinishi shart.

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti     J.Jumaboyev

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-09-29
Кўриш632
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive