Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 611 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/i8naw1pcWo |
| Сарлавҳа | ISHLAYOTGAN OTALAR QAYSI HOLATLARDA “ONA IMTIYOZLARI” DAN FOYDALANISHI MUMKIN. |
| Матн | Bilamizki, yosh bolasi bor yoki bolasini parvarishlayotgan ayol xodimlarga Mehnat kodeksida qo‘shimcha ravishda alohida imtiyoz va kafolatlar berilishi ko‘rsatilgan. Yangi Mehnat kodeksining “ota-onadan biri” degan jumlalar aks etgan moddalarida bunday imtiyozlardan otalar ham foydalanishi mumkinligi nazarda tutilgan. E’tibor bering, yangi Mehnat kodeksi bo‘yicha otalar ham foydalanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha imtiyozlarga asosan quyidagilar kiradi:
Biroq, asosiy savol bor: ishlayotgan otalar yuqoridagi imtiyozlardan qaysi holatlarda foydalana oladilar? Mehnat kodeksining 410-moddasiga asosan ota yuqoridagi imtiyozlardan foydalanishi uchun bolaning onasi bu kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjatni o‘z ish beruvchisiga taqdim etishi kerak. Masalan, bunday tasdiqlovchi hujjatlarga onaning yuqoridagi tegishli imtiyozdan foydalanmayotgani haqidagi ish joyidan ma’lumotnoma, ona vafot etgan bo’lsa onaning vafot etganligi haqidagi o‘lim guvohnomasi, onaning muomalaga layoqatsiz deb topilganligi to‘g‘risidagi yoki onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori va hokazolar kirishi mumkin. Keyin, agarda ona ishlamasdan bola tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lsa, yoki u ishlab turib yuqoridagi kafolatlardan o‘zi foydalanayotgan bo‘lsa, otaga bu imtiyozlar berilmaydi. MK 410-moddasining talabi shunday. Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Jumaboyev Jahongir O’rozboy o’g’li. |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-09-29 |
| Кўриш | 427 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |