Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 623 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/piG500Q1xM |
| Сарлавҳа | Xodimning talabiga ko‘ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish |
| Матн | Xodimning xohishiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til quyidagilarga majburiy tartibda beriladi:
1941 – 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga – har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha; I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga – har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha; ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga; o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) – har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha; qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlarga.
Shovot tuman adliya bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti A.O‘daboyev
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-09-29 |
| Кўриш | 211 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |