Yoshlar daftariga kimlar kiritiladi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД624
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/qBqArklCsK
СарлавҳаYoshlar daftariga kimlar kiritiladi
Матн

 

Hukumatning  312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga 30 yoshdan oshmagan

oila a’zosi «Temir daftar», «Ayollar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;

boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;

o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;

I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;

ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan;

zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan;

«Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;

haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;

davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;

jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;

muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;

psixologik maslahatga muhtoj;

nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;

dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;

yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti X.Matkarimov

 

 

 

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-09-30
Кўриш217
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive