Ko‘pchilik xodimlar ishdan bo‘shayotganda menga ishxana tomonidan pul to‘lab berilishi kerakmi? degan savollar bilan bizga murojaat qilishadi. Mehnat kodeksida xodim ishdan bo‘shayotganda unga xodimning ish faoliyati bilan bog‘liq to‘lovlarni to‘lab beris

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД643
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/URHUm0O1Ir
СарлавҳаKo‘pchilik xodimlar ishdan bo‘shayotganda menga ishxana tomonidan pul to‘lab berilishi kerakmi? degan savollar bilan bizga murojaat qilishadi. Mehnat kodeksida xodim ishdan bo‘shayotganda unga xodimning ish faoliyati bilan bog‘liq to‘lovlarni to‘lab beris
Матн

Mehnat kodeksining 172-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.

Hisob-kitob xodimga:

  •  oxirigacha olinmagan ish haqini;
  •  xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
  •  agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga olishini belgilangan.

Ya’ni xodim ishdan bo‘shayotganda ish beruvchi tomonidan unga yuqoridagi 3 turdagi pullar to‘lab berilishi kerak.

Bu pullar qachon to‘lanishi kerak?

Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

O‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keying davrda biror-bir to‘lovlar (oy, chorak, yil yakunlari bo‘yicha mukofotlar) hisoblangan taqdirda, ushbu to‘lovlar xodim tomonidan tegishli talab qo‘yilganidan keyin uch kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.

 

 

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti                 Y.Xo`jamuratova.

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-09-29
Кўриш313
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive