Nogironligi bo’lgan yoshlarga 16 500 000 so’mgacha subsidiya beriladi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД646
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/9fHYxwaL0j
СарлавҳаNogironligi bo’lgan yoshlarga 16 500 000 so’mgacha subsidiya beriladi
Матн

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2021 yildagi PQ-57-son qaroriga asosan, har yili 500 nafargacha nogiron yoshlarga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:

Nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunarga o‘rgatish, ularda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, axborot texnologiyalari, kompyuterda dasturlash amaliyoti, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish;

Tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganlarga asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun.

Subsidiyalar yuqoridagi ikki yo‘nalishdan bittasi uchun har bir nogironligi bo‘lgan yoshning talabiga muvofiq, BHMning 50 baravari (16 500 000 so‘m)gacha miqdorda ajratiladi.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti X.Matkarimov

 

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-09-29
Кўриш579
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive