Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 821 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/poFqb2Uxpr |
| Сарлавҳа | Bilasizmi |
| Матн |
Vazirlar Mahkamasining 17.10.2023 yildagi 547-son qarori bilan Hukumatning ayrim hujjatlariga ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalarni qoʻllab-quvvatlash tizimini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Hujjat «Temir daftar»ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli ogʻir oilalarning muammolarini tizimli ravishda tezkor hal etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarni belgilash zarurati munosabati bilan qabul qilindi.
Xususan, «Temir daftar»ni yuritish orqali ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti ogʻir oilalar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vaqtinchalik tartib (28.04.2021 yildagi 250-son VMQ bilan tasdiqlangan) quyidagi bilan toʻldirilmoqda: хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari oraligʻidagi davrda kechiktirib boʻlmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam koʻrsatish zaruriyati yuzaga kelganda – «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi. Xiva tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i R.Vaisov |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-11-02 |
| Кўриш | 737 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |