Qonunchilikda mol-mulkning qanday turlari mavjud?

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД843
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/GQJ4rgYtuR
СарлавҳаQonunchilikda mol-mulkning qanday turlari mavjud?
Матн

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83-moddasiga ko’ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi.

Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar kiradi.

Qonunda boshqa mol-mulk ham ko‘chmas mol-mulk qatoriga kiritilishi mumkin.

Ko‘chmas mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni qo‘lga kiritish va ular bekor bo‘lishining xususiyatlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi.

Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno

Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-11-04
Кўриш698
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive