Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 909 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/aT05kzknOt |
| Сарлавҳа | Kimlar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin |
| Матн |
Oila kodeksining 79-moddasiga ko‘ra, ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
1) ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;
2) uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
3) ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa;
4) muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;
5) o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa,
Ota-onalar (yoki ulardan biri)tomonidan bolalarga nisbatan yuqorida ko‘rsatilgan holatlar sodir etilsa ular sud tartibida ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Yangiariq tumani Adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi bosh yuriskonsulti X.Matkarimov
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-11-15 |
| Кўриш | 481 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |