Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 918 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/aD6ySIsQLG |
| Сарлавҳа | Pensiyaga qo’shiladigan ustamalar |
| Матн | "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 28-moddasiga ko‘ra, belgilangan tartibda hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi; I guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi; II guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi; ko‘zi ojizlik bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi; I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi; II guruh yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi; urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi; 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 30 foizi; vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, Milliy gvardiyadagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi. O‘zbekiston oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha. yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan artistlarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi; teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro‘yxatga ko‘ra — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 50 foizi.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi bosh yuriskonsulti X.Matkarimov
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-11-15 |
| Кўриш | 415 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |