Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 935 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/GS3w4oPSPM |
| Сарлавҳа | Voyaga yetmagan bolani xorijga olib chiqishda qaysi holatda ota-onadan birining roziligi talab etilmaydi? |
| Матн |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 33-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chog‘ida quyidagi holatlarda ota-onadan birining roziligi talab qilinmaydi:
ota-onaning biri vafot etganda;
boquvchisi yolg‘iz ona bo‘lgan hollarda; bolaning ota-onasidan biri xorij fuqarosi bo‘lganida;
ota-onadan biri sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud muomalaga layoqatsiz deb topilganida;
ota-onadan birining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganida.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-11-15 |
| Кўриш | 466 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |