Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 958 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/9CIk71n9tu |
| Сарлавҳа | YoShLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI |
| Матн | Vazirlar Mahkamasining 312-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan (o‘ttiz bir yoshga to‘lmagan) quyidagi toifadagi: oila a’zosi «Temir daftar», «Ayollar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan; ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan; boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan; o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan; o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz; I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan; farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan; jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan; ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan; yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan; zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan; «Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan; haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan; davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar; jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan; muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan; psixologik maslahatga muhtoj; nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila; dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan; yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi bosh yuriskonsulti Y.Xo`jamuratova
|
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-11-15 |
| Кўриш | 189 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |