s
USD: Rub: Eur:
2025-03-31 251

SANITARIYA-EPIDEOMOLOGIYA SOHASI ХODIMLARI UCHUN MALAKA OSHIRISH MARKAZI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA

Vazirlar Mahkamasining 04.07.2023 yildagi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi    272-son qarori qabul qilindi.

 20 kishidan iborat Markaz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi huzurida tashkil etilishi belgilangan.

Ushbu qaror bilan Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilangan:

jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga oid fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish, soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga innovatsion texnologiyalar hamda ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishga mo‘ljallangan o‘quv rejasi va dasturlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish;

xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarda akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv dasturlari asosida qayta tayyorlash va malaka oshirishning o‘quv-metodik hujjatlarini ishlab chiqish;

shartnoma asosida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlariga jalb etish;

sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasining ilg‘or yutuqlari, masofadan o‘qitish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda malaka oshirishning innovatsion shakllarini joriy etish, o‘quv-metodik resurslarni ishlab chiqish, ta’lim dasturlarini takomillashtirish;

idoralararo hamkorlik qilish, shu jumladan, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida favqulodda holatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mashqlar va mashg‘ulotlar o‘tkazish;

Qarorga binoan, Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, hamda Markaz direktori lavozimi boʻyicha oliygohning dekaniga, oʻrinbsori – dekan oʻrinbosariga tenglashtirilmoqda.

 Ikki oy ichida Markazni tajribali professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirish uchun ochiq tanlov oʻtkazilishi belgilan qoʻyilgan.

                                                                             Tuproqqal’a tumani adliya boʻlimi boshligʻi Boltayeva Shoira.

 

Мавзуга оид