s
Adliya vazirligi tomonidan Yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish, shu bilan birga, “Ziyo ulash” aksiyasining mantiqiy davomi sifatida “Zukko kitobxon” tanlovining 2-bosqich ya’ni viloyat bosqichi bo`lib o`tdi.
Tanlovda Adliya vazirligiga biriktirilgan tuman(shahar)larning 4-sektorida joylashgan mahallada istiqomat qiladigan 14 yoshga to‘lgan hamda 30 yoshdan oshmagan yoshlar qatnashib, tanlovning dastlabki tuman (shahar) bosqichida 1-o`rinni qo`lga kiritgan yoshlar aynan ushbu bosqichda qatnashishdi.
Mazkur tanlovning 1-sharti bo`yicha intellektual o‘yin shaklida bo`lib, ishtirokchilar
25 ta savolardan iborat bo`lgan savollarga javob topishgan bo`lsa, 2-shartida asar tahlili shaklida bo`lib unda, ishtirokchilar tomonidan tasodifiy ya’ni avtomatik generatsiya shaklida tanlab olingan milliy, jahon, bolalar, huquqiy va badiiy asarlarni tahlil qilib berishdi.
Tanlov shartlari Xorazm viloyat adliya boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo'limi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xorazm viloyat bo'limi hamda Xorazm viloyat yuridik texnikumi mas’ul xodimlaridan iborat bo`lgan Hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.
Bunda, ishtirokchining bilimi va kasbiy mahoratini rivojlantirishga ko‘maklashish ahamiyatiga ega ekanligi, Tahlilda mustaqil fikrlash va dunyoqarashning, shaxsiy munosabatning aks etganligi, asoslar va argumentlarga boyligi, qiyosiy vatanqidiy usullardan samarali foydalanganlik, Nutqning ravonligi, chiroyliligi hamda Faktik xatolar yo‘qligi kabi mezonlar bo`yicha baholab borildi.
Yuqori saviyada va ko`tarinki ruhda bo`lib o`tgan tadbirning yakuniy natijalariga ko`ra 1-oʻrinni Ibodullayev Javohir, 2-oʻrin – Safarova Diyora, 3-oʻrin – Sultonnazirova Zilolalar egallashdi.
Shuningdek, tanlovda Quranbayeva Feruza - “Eng yaxshi notiq”, Razzoqberganova Farangiz - “Eng yosh kitobxon” hamda Xaitbayeva Kamola - “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyalar bo`yicha taqdirlandilar.
Tanlov g`olinlari, Diplom, sertifikat hamda esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.
1-o`rinni egallagan ishtirokchi Tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo`ldi.
“Zukko kitobxon” tanlovining maqsadi yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, teran fikrlash hamda ularning dunyoqarashini kengaytirish, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish, shu bilan birga, “Ziyo ulash” aksiyasining mantiqiy davomi sifatida keng jamoatchilikka ziyo ulashish hisoblanadi.
Rasulbek Ibragimov
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi