s
Buni misol bilan tushintiramiz. Xodimning har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi 21 kalendar kun. Bitta tashkilotda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili 15 yillik staji uchun 6 kun. Jamoa shartnomasidagi qo‘shimcha mehnat ta’tili 3 kun. Shunda (21+6+3)/12= 2.5 Chiqqan natijani to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytiramiz 2.5*6= 15. Demak, Sizning holatingizda xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga 15 kalendar kun uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi. XIVA TUMAN YURIDIK XIZMAT KO`RSATISH MARKAZI BOSH YURISKONSULTI M.BOYJONOV