s
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129-moddasiga ko‘ra, mototsikllar va boshqa transport vositalari haydovchilarining yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa:
BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga;
transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oydan 1 yilgacha mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Yangiariq tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i U.Navruzov