s
USD: Rub: Eur:
2024-09-28 643

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) qanday shikoyatlarni ko‘rib chiqadi?

O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga ko‘ra,  vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoxud harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va u o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega. Vakil uchinchi shaxslarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan bir kishining yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqish uchun, basharti ularning bunga roziligi bo‘lsa, qabul qiladi. Shuningdek, yuqoridagi Qonunning 11-moddasiga ko‘ra, vakil arz qiluvchiga o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi maʼlum bo‘lib qolgan paytdan eʼtiboran yoki arz qiluvchi, agar u huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan bo‘lsa, o‘z shikoyati bo‘yicha qabul qilingan oxirgi qarordan xabar topgan paytdan eʼtiboran bir yil davomida berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi. Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati Vakil tomonidan tiklanishi mumkin.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид