s
Assalomu alaykum mening savolim shundan iboratki,boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi ham ona tilidan ham matematikadan milliy sertifikat olishi mumkinmi? Ikkalasigayam ustama toʻlanadimi?
YURIST JAVOBI:
Hozir amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori (roʻyxat raqami 3515) 1-bobida Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati 4-bobida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar belgilangan.
Ushbu ro'yxatga ko'ra:
matematika fani bo'yicha umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy sertifikat (boshlang‘ich ta’lim uchun) 60*/C;
ona tili va adabiyoti fani bo'yicha umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy sertifikat (o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot (boshlang‘ich ta’lim uchun) 60*/C sertifikatlari boshlang'ich sinf o'qituvchilari ham belgilangan.
Bunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi pedagoglarning ushbu fanlardan olingan sertifikatlari aynan shu fanlardagi dars soatlari uchun amal qiladi.
✅ Demak, siz matematika fanidan hamda ona tili va adabiyoti fanidan sertifikat olsangiz, ushbu sertifikatlar bo’yicha ustama alohida alohida har bir fan bo‘yicha dars soatlaridan kelib chiqib to‘lanadi.
Xiva Tuman YXKM bosh yuriskonsulti M.Boyjonov