s
USD: Rub: Eur:
2024-01-22 718

Tadbirkorlarga soliq va budjet siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlar tushuntirildi

#seminar_suhbat

Soliq tizimida olib borilayotgan izchil islohotlarning bari iqtisodiyotimizning yanada rivojlanishi, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 2024-yil 1-yanvardan amaliyotga tadbiq etilayotgan soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar zamirida ham ana shunday maqsadlar mujassam. 
Urganch shahrida soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan seminar bo‘lib o‘tdi.   
- Har yil so‘ngida keyingi yil budjet rejalari va ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. 2024-yil uchun ham soliq va budjet siyosatida katta o‘zgarishlar bo‘lib, Soliq kodeksining 46 ta moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi, - dedi viloyat soliq boshqarmasi soliq solish bo‘yicha maslahat sho‘basi boshlig‘i Asqarjon Aliyev. – Soliq kodeksining 467-moddasidagi aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan summada to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq belgilangan stavkalari jami daromadlari besh yuz million so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi 20 mln so‘mdan 25 mln so‘mga, jami daromadlari besh yuz million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi 30 mln so‘mdan 34 mln so‘mga o‘zgartirildi. 

Мавзуга оид