s
USD: Rub: Eur:
2024-12-03 223

Bilasizmi

Mexnat kodeksining  315-moddasiga asosan Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qо‘llanilgan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Agar intizomiy jazo qо‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida
xodimga yangi intizomiy jazo qо‘llanilmasa, u intizomiy jazoga
tortilmagan deb hisoblanadi. Bunda intizomiy jazo ish beruvchining
buyrug‘i chiqmasidan avtomatik tarzda tugallanadi.
Ish beruvchi intizomiy jazoni о‘z tashabbusiga kо‘ra, xodimning
bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qо‘mitasining iltimosnomasiga,
shuningdek xodimning iltimosiga kо‘ra, bir yil о‘tguniga qadar muddatidan
oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin
olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan intizomiy jazoni tugallanishi va
olib tashlash qoidalari ish beruvchining tashabbusi bilan ushbu Kodeks
161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlariga muvofiq mehnat
shartnomasi bekor qilingan holda qо‘llanilmaydi.

 

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi yuridik

xizmat kursatish markazi bosh yuriskonsulti                        D.Raximov.

 

Мавзуга оид