s
“О‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2024 yilda amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi
“О‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tо‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-37-son, 21.02.2024 y.) qabul qilindi.
Farmon bilan, keng jamoatchilik bilan muhokamalarda bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan “О‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida quyidagilar tasdiqlandi:
2024 yilga mо‘ljallangan yо‘nalishlar kesimidagi amaliy tadbirlar rejasi;
2024 yilda yо‘nalishlar kesimida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari rо‘yxati.
Amaliy tadbirlar rejasi quyidagi 5ta yо‘nalish va jami 100 ta maqsaddan iborat:
Har bir insonga о‘z salohiyatini rо‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish;
Barqaror iqtisodiy о‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
Suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
“Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
Xonqa tumani adliya bо‘limi yuridik
xizmat kursatish markazi bosh yuriskonsulti D.Raximov.