s
USD: Rub: Eur:
2023-12-12 753

Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil  25 martda 182 sonli qarori bilan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.

Ushbu Nizom bilan fuqaroga ipoteka kreditlari bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida hududlarda birlamchi bozordagi kvartiralarni sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilishi belgilangan.

Hududlarda qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlar komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.

Bunda, ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

O‘zi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi.

Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar va markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rov yuborish orqali ma’lumotlarga aniqlik kiritish to‘lovlarsiz (bepul) amalga oshiriladi.

Shuningdek, mazkur Nizomda ariza beruvchining taqdim etilgan ariza asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash o‘rganib chiqish jarayonida doimiy ishtirok etuvchi mas’ul tashkilotlar — Davlat soliq qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘linmalari hamda o‘rganib chiqish jarayonida fuqaroning anketa-arizasida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan kelib chiqib, ushbu ma’lumotlarni baholash uchun ishtirok etuvchi mas’ul tashkilotlar — tibbiyot birlashmasi, tuman (shahar) hokimligi moliya bo‘limlari, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza yil davomida topshirilishi mumkin.

 

 

Tuproqqal’a tuman Adliya bo’limi

Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxasisi:                                                       B.Ruzmetov

 

 

Мавзуга оид