s
Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bо‘yicha davlat xizmati kо‘rsatiladi
Hukumat qarori (95-son, 17.02.2024 y.) bilan “Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bо‘yicha davlat xizmatini kо‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi
Unga kо‘ra, ariza beruvchi xalqaro IT-sertifikat berilgan sanadan 180 kalendar kun mobaynida mazkur sertifikatni olish xarajatlarini qoplab berishni sо‘rab, YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim.
Ariza beruvchining xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizigacha bо‘lgan qismini qoplab berishda ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat talab etilmaydi.
Xalqaro IT-sertifikatlar boshlang‘ich darajada bо‘lganda 30 foiz, о‘rta darajada bо‘lganda 40 foiz hamda professional darajada bо‘lganda 60 foiz miqdorda sarflangan xarajatlar qoplab beriladi.
Ingliz tili bо‘yicha V2 va undan yuqori darajadagi hamda professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega bо‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatni olish xarajatlari tо‘liq qoplab beriladi.
Xonqa tumani adliya bо‘limi yuridik
xizmat kursatish markazi bosh yuriskonsulti D.Raximov.