s
USD: Rub: Eur:
2024-11-29 194

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qo'shimcha vazifalar yuklatildi

“Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qaroriga ko'ra, dastur doirasida mikrokreditlar ajratish va resurs mablag'lari bilan ta'minlashda, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga moliyaviy mablag'larni Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foiz band past stavkada 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga joylashtirish tartibi joriy etiladi. 2024 yil 1 noyabrdan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirishda ular bo'yicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini tumanlar (shaharlar) toifasidan kelib chiqib, Kompaniya va mikrokredit beruvchilar o'rtasida taqsimlash tizimi joriy qilinadi.  “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga quyidagi vazifalar yuklatildi: qayta moliyalashtiriladigan yoki kafillik taqdim etiladigan mikrokreditlarning shartlariga, mikrokredit oluvchilarga qo'yiladigan talablarni va mikrokreditlar ajratadigan banklar va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan muvofiqlik mezonlarini belgilash; respublika byudjeti va boshqa manbalardan moliyaviy mablag'larni jalb qilish va ularni kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar bo'yicha tavakkalchiliklarni o'zaro taqsimlash asosida qayta moliyalashtirishga yo'naltirish; mikrokredit beruvchilar tomonidan o'z mablag'lari hisobidan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar bo'yicha portfel kafilliklar taqdim etish. “Kichik biznesni rivojlantirish jamg'armasi” MCHJning mol-mulklari baholashdan o'tkazmagan holda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qo'shib yuboriladi.

Shovot tumani YXKM bosh yuriskonsulti D.A.Azamatova

Мавзуга оид