s
Mexnat kodeksining 313-moddasiga asosan Intizomiy jazo choralari ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qо‘llaniladi (ushbu Kodeks
127-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari).
Ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi qо‘llanilguniga qadar yozma
tushuntirishni talab qilishi, shu jumladan, agar intizomiy qilmish xizmat
tekshiruvi natijalariga kо‘ra aniqlangan bо‘lsa, talab qilishi shart.
Xodimning yozma tushuntirish taqdim etishni rad etganligi intizomiy jazo
chorasi qо‘llanilishi uchun monelik qilmaydi va hozir bо‘lgan guvohlar
kо‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Har bir intizomiy qilmish uchun faqat bitta intizomiy jazo chorasi
qо‘llanilishi mumkin. Intizomiy jazo chorasini tanlash huquqi ish
beruvchiga tegishlidir. Intizomiy jazo chorasini qо‘llashda sodir etilgan
qilmishning og‘ir-yengilligi, uning sodir etilishi holatlari, xodimning
avvalgi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.
Xodimga intizomiy jazo chorasini qо‘llash ish beruvchining buyrug‘i
bilan rasmiylashtiriladi. Ish beruvchining xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasini qо‘llashtо‘g‘risidagi buyrug‘i qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida,xodim ishda bо‘lmagan vaqt hisobga olinmasdan, unga jazoning sabablari kо‘rsatilgan holda imzo qо‘ydirib e’lon qilinadi.
О‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qо‘llash haqidagi buyruq bilan
tanishtirilmagan xodim intizomiy jazosi bо‘lmagan deb hisoblanadi.
Xodimning о‘ziga nisbatan intizomiy jazo chorasini qо‘llash
tо‘g‘risidagi buyruq bilan tanishishni rad etishi hozir bо‘lgan guvohlar
kо‘rsatilgan holda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday holda
xodim buyruq bilan tanishtirilgan deb hisoblanadi.
Xonqa tumani adliya bo‘limi yuridik
xizmat kursatish markazi bosh yuriskonsulti D.Raximov.