T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Davlat tomonidan ta'minlanadigan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarining turlari kengaytiriladi
Home
Янгиликлар
Davlat tomonidan ta'minlanadigan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarining turlari kengaytiriladi
update
Сарлавҳа
Матн

“Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-88-son, 27.02.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-maygacha davlat tomonidan kafolatlangan tarzda ta'minlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari turlari 18 tadan 30 taga kengaytiriladi.

2024-yil 1-maydan:

protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablag'lar miqdorini bozor konyunkturasidan kelib chiqib o'rtacha 3 baravargacha, ayrim vositalarning turlari esa 10 baravargacha oshiriladi;

nogironligi bo'lgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik to'g'risidagi ma'lumotnoma asosida belgilanadi;

nogironlik guruhiga ega bo'lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi to'g'risidagi tibbiy xulosa “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida rasmiylashtiriladi.

2024-yil 1-maygacha Toshkent shahri va Samarqand viloyatida, 2024-yil 1-oktyabrgacha respublikaning boshqa barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida ta'minlash tartibi joriy etiladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш