Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 2214 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/4XrcfQQ3ZC |
| Сарлавҳа | Davlat tomonidan ta'minlanadigan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarining turlari kengaytiriladi |
| Матн | “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-88-son, 27.02.2024 y.) qabul qilindi Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-maygacha davlat tomonidan kafolatlangan tarzda ta'minlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari turlari 18 tadan 30 taga kengaytiriladi. 2024-yil 1-maydan: protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablag'lar miqdorini bozor konyunkturasidan kelib chiqib o'rtacha 3 baravargacha, ayrim vositalarning turlari esa 10 baravargacha oshiriladi; nogironligi bo'lgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik to'g'risidagi ma'lumotnoma asosida belgilanadi; nogironlik guruhiga ega bo'lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi to'g'risidagi tibbiy xulosa “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida rasmiylashtiriladi. 2024-yil 1-maygacha Toshkent shahri va Samarqand viloyatida, 2024-yil 1-oktyabrgacha respublikaning boshqa barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida ta'minlash tartibi joriy etiladi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2024-03-19 |
| Кўриш | 621 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |