T
Murojaat24.UZ
Toggle navigation
Тил
Krilcha
Lotincha
Administrator
Administrator
Facebook
Instagram
Telegram
Profil
Chiqish
Янгиликни таҳрирлаш: Poyabzal va mo‘ynali mahsulotlar eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi
Home
Янгиликлар
Poyabzal va mo‘ynali mahsulotlar eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi
update
Сарлавҳа
Матн

Charm-poyabzal va mo‘yna sanoatini rivojlantirish dasturiga $340 mln yo‘naltiriladi.

Charm-poyabzal va mo‘ynali mahsulotlar eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu bo‘yicha prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Shavkat Mirziyoyev 11-oktabrdagi qarori bilan 2023−2025-yillarda teri xomashyosini qayta ishlash asosida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari dasturini bir oy muddatda tasdiqlash to‘g‘risida farmoyish berdi.

Kelgusi yillarda charm-poyabzal va mo‘yna sanoatini rivojlantirish dasturiga $340 mln yo‘naltiriladi.

Xususan, dasturni moliyalashtirish Fransiya taraqqiyot agentligi va Jahon banki ($100 mln), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ($200 mln), shuningdek foydalanilmagan kreditlar ($40 mln) hisobidan amalga oshiriladi.

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi charm-poyabzal kichik sanoat zonasida markazlashtirilgan suv tozalash inshootini qurish uchun 10 yilgacha muddatga budjetdan 50 mlrd so‘m miqdorida kredit ajratiladi.

2025-yilgacha mayda shoxli hayvonlarning yarim tayyor charm mahsulotlarini bojxona orqali olib chiqishda yig‘im undirilmaydi.

Bundan tashqari, Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga 12 oydagi eksport hajmidan kelib chiqib, quyidagi tartibda 2 yil muddatgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi:

eksport hajmi $1 mlndan $2 mlngacha bo‘lsa — $1 mlngacha;

eksport hajmi $2 mlndan $4 mlngacha bo‘lsa — $2 mlngacha;

eksport hajmi $4 mlndan ortiq bo‘lsa — $3 mlngacha.

Bunda, kreditlar yillik 4%dan oshmaydigan stavka bo‘yicha berilib, shundan 2% bankning marjasi bo‘ladi.

Shuningdek, xorijda savdo uylari va do‘konlarini tashkil etish uchun charm-poyabzal va mo‘yna sanoati korxonalari alohida qarorlarsiz yiliga $50 minggacha xorijga pul o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

Avvalroq “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida $1,7 mlrd miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilangandi.

Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish

markazi bosh yuriskonsulti D.Otabayev

Image 1
Image 2
Image 3
Image 4
Категория
Yangiliklar
Murojaat
Munosabat
Shovot yangiliklari
Сана
Тил
Lotincha
Krillcha
Статус
Active
DeActive
Сақлаш