Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш
| Янгилик ИД | 766 |
|---|---|
| Yangilikni ko`rish | /oz/main/news/MU7seBgUfz |
| Сарлавҳа | Poyabzal va mo‘ynali mahsulotlar eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi |
| Матн | Charm-poyabzal va mo‘yna sanoatini rivojlantirish dasturiga $340 mln yo‘naltiriladi. Charm-poyabzal va mo‘ynali mahsulotlar eksport qiluvchi korxonalarga imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu bo‘yicha prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. Shavkat Mirziyoyev 11-oktabrdagi qarori bilan 2023−2025-yillarda teri xomashyosini qayta ishlash asosida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari dasturini bir oy muddatda tasdiqlash to‘g‘risida farmoyish berdi. Kelgusi yillarda charm-poyabzal va mo‘yna sanoatini rivojlantirish dasturiga $340 mln yo‘naltiriladi. Xususan, dasturni moliyalashtirish Fransiya taraqqiyot agentligi va Jahon banki ($100 mln), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ($200 mln), shuningdek foydalanilmagan kreditlar ($40 mln) hisobidan amalga oshiriladi. Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi charm-poyabzal kichik sanoat zonasida markazlashtirilgan suv tozalash inshootini qurish uchun 10 yilgacha muddatga budjetdan 50 mlrd so‘m miqdorida kredit ajratiladi. 2025-yilgacha mayda shoxli hayvonlarning yarim tayyor charm mahsulotlarini bojxona orqali olib chiqishda yig‘im undirilmaydi. Bundan tashqari, Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga 12 oydagi eksport hajmidan kelib chiqib, quyidagi tartibda 2 yil muddatgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi:
Bunda, kreditlar yillik 4%dan oshmaydigan stavka bo‘yicha berilib, shundan 2% bankning marjasi bo‘ladi. Shuningdek, xorijda savdo uylari va do‘konlarini tashkil etish uchun charm-poyabzal va mo‘yna sanoati korxonalari alohida qarorlarsiz yiliga $50 minggacha xorijga pul o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Avvalroq “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida $1,7 mlrd miqdorida mablag‘ ajratilishi belgilangandi.
Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D.Otabayev |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Surat | |
| Сана | 2023-11-02 |
| Кўриш | 237 |
| Тил | oz |
| Категория | news |
| Статус | Active |