Mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Янгилик қўшиш Таҳрирлаш Ўчириш

Янгилик ИД1114
Yangilikni ko`rish/oz/main/news/yM3ERaASoS
СарлавҳаMahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi
Матн

Hukumat qarori bilan (307-son) Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 Nizomga muvofiq, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan ular faoliyatining dastlabki 3 oyida bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi.

Subsidiya olish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organiga yoki YaIDXP (my.gov.uz) portali orqali murojaat qilishi mumkin. Murojaatda kasanachi ma’lumotlari, subsidiya to‘lab berilishi lozim bo‘lgan hisobvaraq va manzili ko‘rsatiladi.

 Murojaat 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Subsidiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:

  • hujjatlar to‘liq taqdim qilinmaganida;
  • kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi Yagona elektron shartnomalar portalida ro‘yxatdan o‘tkazilmaganda;
  • kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi daromadi haqidagi ma’lumot haqqoniyligi tasdiqlanmasa.
  • Murojaat rad etilganida 1 kunda bu haqida murojaatchiga xabar beriladi.

Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganida 5 ish kunida subsidiya murojaatchiga o‘tkazib beriladi.

Urganch tuman adliya bolimi

yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti                        J. Abdukarimov

SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
SuratNo Image
Сана2023-11-21
Кўриш527
Тилoz
Категорияnews
СтатусActive