s
Hukumat qarori bilan (307-son) Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan ular faoliyatining dastlabki 3 oyida bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi.
Subsidiya olish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organiga yoki YaIDXP (my.gov.uz) portali orqali murojaat qilishi mumkin. Murojaatda kasanachi ma’lumotlari, subsidiya to‘lab berilishi lozim bo‘lgan hisobvaraq va manzili ko‘rsatiladi.
Murojaat 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Subsidiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:
Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganida 5 ish kunida subsidiya murojaatchiga o‘tkazib beriladi.
Urganch tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J. Abdukarimov