Savol: BIROVNING PASPORTIDAN GʻARAZLI MAQSADDA FOYDALANGAN SHAXSLARGA QANDAY JAVOBGARLIK BOR ?
Javob: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223 prim 1-moddasiga ko‘ra, boshqa shaxslarga tegishli bo‘lgan pasportlardan yoki identifikatsiyalovchi ID-kartalardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari (3 400 000 so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Po‘latov Shoxrux Baxram o‘g‘li