s
USD: Rub: Eur:
2021-09-18 353

O'zbekiston Respublikasi aholisini ro'yxatga olish bo'yich 7 ta FAKT.

  1. O'zbekiston Respublikasi aholisini ro'yhatga olish 2023-yilda bo'lib o'tadi.Sinov tariqasida aholini ro'yxatga olish joriy yil 1-noyabrdan 25-noyabrgacha 4 ta hududda o'tkaziladi.

  2. Aholini ro'yxatga olish paytida mamlakatda bo'lgan barcha O'zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan fuqarolar ro'yxatga olinadi.
  3. Ro'yhatga olish varaqalarini to'ldirishda pasportingizni yoki shaxs tasdiqlovchi hujjatlarning boshqa shaklini ko'rsatishingiz shart emas.
  4. Aholini ro'yxatga olish jarayonida olingan ma'lumotlar maxfiy bo'lib,faqat statistika organlari tomonidan yig'ma holda ishlatiladi va fuqarolarning xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanadi.
  5. Aholini ro'yxatga olish har bir fuqaro uchun muhim,chunki u davlatning kelajakda rivojlanishini belgilaydi.Aholini ro'yxat olishda ishtirok etish "inson va fuqaroning ijtimoiy burchidir".
  6. Aholini ro'yxatga olish mustaqil O'zbekistonda 1-marta o'tkazilmoqda.
  7. Aholini ro'yxatga olish bo'yicha savollar uchun telefon : 71 202 8182

Мавзуга оид