s
USD: Rub: Eur:
2025-03-11 746

Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lganlarga 120 million so'mgacha ipoteka krediti beriladi

 

 

 Farmonga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7340) 2024-yil 1-iyundan “mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida Kambag'allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.

Bunda:

➖ipoteka kreditlari 120 million so'mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to'rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash maqsadlari uchun ajratiladi;

➖ipoteka krediti bo'yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to'lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to'lanadi.

Yangairiq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsul’ti  R.Aminov

Мавзуга оид