Ўзбекистон Республикаси Замонавий журналистикани ривожлантириш маркази томонидан “LEGALlab: гендер ва ҳуқуқий мувозанатини излаш” Медиа Айвон-2024 Миллий форуми ташкил этилди.

2024-yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan Toshkent shahrida Media Ayvon-2024 “LEGALLab: gender va huquqiy muvozanat sari” Milliy forumi bo‘lib o‘tdi.
Ekspertlar, hukumat vakillari, jurnalistlar va bloggerlar huquqiy, media axborot, gender va raqamli savodxonlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. Forumni Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi direktori Saida Sulaymanova, USAID Huquqiy islohotlar dasturi rahbari Rahima Nazarova va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayevlar ochib berdilar.

Forum davomida media huquqshunos Ilhom Hamidov “Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va blogerlarni huquqiy qoʻllab-quvvatlash klinikasi”ning yakuniy hisobotini (https://cdn2.me-qr.com/pdf/19916522.pdf) taqdim etdi.
Yakuniy hisobot taqdimotida OAVga oid milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha davlat organlariga tavsiyalar berildi. Ushbu tavsiyalar media sohasi monitoringiga asoslanib, so‘z erkinligi va axborot savodxonligining yuqori standartlarini ta’minlashga qaratilgan.

Media Ayvon 2024 - turli xil fikr va mulohazalarga boy shaklda o'tdi.Bu formatdagi uchrashuvlarning qadri va o'rni beqiyosligi ishtirokchilar tomonidan bir necha bor e'tirof etilib,doimiy uchrashuvlar o'tkazilishi haqida tashkilotchilarga takliflar bildirishdi.
Najotbek Masharipov