s
TA’LIM SOHASIDAGI YANGILIK
Yangi malaka tavsiflari tasdiqlandi!
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 16 - maydagi 159 - sonli buyrug‘i bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari tasdiqlandi.
Shu bilan birga, MMTV 2024-yil 1-avgustdagi 138-sonli buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotdi.
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari (maktab-internatlar) (https://yuristpro.uz/documents/maktablar-rahbar-va-xodimlari-lavozimlarining-malaka-tavsiflari/)
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari (https://yuristpro.uz/documents/mtt-rahbar-va-xodimlari-lavozimlarining-malaka-tavsiflari/)uchun asosiy lavozimlarning malaka tavsiflari yangilandi.
Yangi hujjatlar bilan "YuristPro" loyihamiz orqali tanishing va yuklab oling.
Sohada faoliyat yuritayotgan pedagog va mutaxassislarni ushbu yangi malaka tavsiflari bilan batafsil tanishib chiqishga va kundalik ish faoliyatida undan foydalanishga chaqiramiz.
Bu sizning kasbiy o‘sishingiz va ish faoliyatingizda huquqiy aniqlikni ta’minlaydi!
Xiva tuman YXKM bosh yuriskonsulti M.Boyjonov