s
Charm-poyabzal va mo'ynachilik sohasida eksport qiluvchi korxonalarning eksportoldi va eksport bilan bog'liq savdo operasiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida ular tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha quyidagicha miqdorda moliyaviy resurslar ajratilishi belgilangan: (https://lex.uz/docs/6633823)
eksport hajmi 1 million AQSH dollaridan 2 million AQSH dollarigacha bo'lganda — 1 million AQSH dollarigacha;
eksport hajmi 2 million AQSH dollaridan 4 million AQSH dollarigacha bo'lganda — 2 million AQSH dollarigacha;
eksport hajmi 4 million AQSH dollaridan ortiq bo'lganda — 3 million AQSH dollarigacha.
Bunda, moliyaviy resurslar yillik 4 foiz stavkadan (shundan 2 foizi bank marjasi) oshmagan holda taqdim etiladi.
Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti G.Madaminova