s
MEHNAT SHARTNOMASI BO'YICHA ISHLAYOTGAN HAYDOVCHILAR SHAXSIY HIMOYA VOSITALARI BILAN TA'MINLANISHI KERAK
19.01.2024-yildagi “Yo'l harakati to'g'risida”gi Qonunida Transport egalarining yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga doir majburiyatlari alohida belgilandi.
Unga ko`ra, mehnat shartnomasi bo'yicha ishlayotgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:
-ish beruvchidan harakatlanish yo'nalishi, tashiladigan yuk haqida, o'z hayoti va sog'lig'i uchun mavjud bo'lgan tahdid to'g'risida, zararli va (yoki) xavfli omillar ta'siridan o'zining himoya qilinishiga doir chora-tadbirlar haqida ishonchli axborot olish;

-shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanish;
-yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bo'yicha shart-sharoitlarni yaxshilash bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqishda ishtirok etish;
-o'z hayoti va sog'lig'iga tahdid soladigan vaziyatda, tashishni rad etish;
-yo'l harakati xavfsizligi sohasida malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorgarlikdan o'tish;
-mehnat vazifalarini bajarish chog'ida o'z sog'lig'iga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishi;
-ish beruvchining yo'l harakati sohasidagi g'ayrihuquqiy qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
Rasulbek IBRAGIMOV
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
Bosh maslahatchisi