s
Umumiy qoidaga ko‘ra xodim ish beruvchidan boshqa ishga o‘tkazishni talab qilishga haqli emas.
Biroq qonunchilikda ayrim istisno holatlari belgilangan.
Xususan, xodimning vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosi ish beruvchi tomonidan quyidagi hollarda qanoatlantirilishi lozim:
– tibbiy xulosaga muvofiq xodimni sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra vaqtincha yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari mavjud bo‘lmagan ishga o‘tkazish
– tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayolni vaqtincha yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari mavjud bo‘lmagan ishga o‘tkazish;
– ikki yoshga to‘lmagan bolasini parvarishlayotgan ota-onaning biri (vasiy) tomonidan avvalgi ishini bajarish mumkin emasligi
– tegishli ish o‘rni beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa uzrli hollarda.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Jumaboyev