s
USD: Rub: Eur:
2024-03-25 883

Bilasizmi

Prokuror qonunlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish jarayonida o'z vakolatlari doirasida:

 

vazirliklar, idoralarning, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, harbiy qismlarning hududi va xonalariga moneliksiz kirishga, hujjatlar va materiallarni ko'rishga, tekshirishlar o'tkazishga, tekshirish uchun qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqa hujjatlarni, qonuniylikning holati to'g'risidagi va uni ta'minlashga doir chora-tadbirlar haqidagi ma'lumotlarni talab qilishga;

 

davlat organlari, harbiy qismlar, vazirliklar va idoralarning harbiy tuzilmalari rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan ular tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirish, taftish o'tkazishni, idoraviy va noidoraviy tekshirishlar o'tkazish uchun mutaxassislar ajratishni talab qilishga;

 

mansabdor shaxslar va fuqarolardan qonun buzilishi xususida og'zaki yoki yozma tushuntirishlar talab qilishga haqlidir.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид