s
USD: Rub: Eur:
2023-12-04 121

bilasizmi

SHINALAR UCHUN UTILIZATSIYA TO'LOVINI SOTIB OLUVCHILAR TO'LAMAYDI

 

 Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil shinalari bilan bog'liq utilizatsiya yig'imi bo'yicha noto'g'ri talqindagi ma'lumotlar tarqalmoqda.

 

 2024–2026-yillar uchun mo'ljallangan Byudjetnomada 2024-yil 1-iyuldan avtomobil shinalarining har bir kilogrami uchun BHMning 0,3 foizi miqdorida utilizatsiya yig'imini undirish taklif qilinmoqda.

 

Masalan, 4 ta shina (balon) yengil avtomobillar uchun o'rtacha 6 kg dan 17 kg gacha bo'lsa, ular uchun 6 200 so'mdan 16 200 so'mgacha yig'im undiriladi.

 

Mazkur yig'im XARIDORLARDAN UNDIRILMAYDI, ushbu yig'imni shina ishlab chiqaruvchilar yoki chetdan import qilayotganlar to'laydi.

 

 Shuningdek, yig'im bitta yangi ishlab chiqarilgan shina uchun bir marta to'lanadi, ya'ni har yili undirilmaydi,

 

 Fuqarolar avtomobil sotib olib uning balonlarini istalgan o'lchamdagi boshqa balonga almashtirmoqchi bo'lganida ham utilizatsiya yig'imi to'lamaydi.

 

 Utilizatsiya yig'imidan tushgan pullar “Yashil makon” dasturlarini amalga oshirish uchun sarflanadi.

Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi

bosh yuriskonsulti M.Bayjanov

Report content on this page

 

Мавзуга оид