s
USD: Rub: Eur:
2023-11-01 986

Homiladorlik va tug'ruq ta'tili muddati tugaganligi sababli xodimni ishga chiqishi uchun qaysi mehnat qonunchiligini asos qilsak bo'ladi?

 Assalomu alaykum! Mehnat kodeksining 404-moddasiga ko'ra ayolga tug'ruqqacha 70 kalendar kun hamda tug'ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug'ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug'ilgan taqdirda
70 kalendar kun) homiladorlik va tug'ish ta'tili berilishi belgilangan va ushbu davrda qonunchilikda belgilangan, lekin o'rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo'lmagan miqdorda nafaqa to'lanadi.     
        Homiladorlik va tug'ish ta'tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug'ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat'i nazar, to'liq beriladi. Ushbu ijtimoiy ta'til muddatining tuguganligining o'zi, xodimni ishga chiqishiga asos bo'ladi, bunga alohida buyruq qabul qilinmaydi.             Mehnat kodeksining 405-moddasi bo'yicha bola parvarishla ta’tiliga chiqish yoki chiqmaslik xodimning xohishiga ko'ra amalga oshiriladi.               Agar xodim farzandi 2 yoshga to'lgunga qadar bolani parvarish ta'tiliga chiqqan bo'lsa ham u istagan vaqtda ishga chiqishi va to'liqsiz ish kunida ishlashi mumkin bunga asos sifatida Mehnat kodeksining 405-moddasi to'rtinchi qismini qo'llaniladi.

 

 

Jasur  ATADJANOV,

Urganch tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi  boshlig‘i.

 

 

 



 

Мавзуга оид