s
USD: Rub: Eur:
2023-11-17 189

Prezident farmoyishi (F–72-son, 16.11.2023 y.) bilan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish dasturi tasdiqlandi

Dasturga muvofiq, jumladan:

  • tuman va shahar markazlarida “Konstitutsiya ko'chasi” tashkil etiladi;
  • jurnalist va blogerlar o'rtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovi o'tkaziladi;
  • yangi tahrirdagi Konstitutsiya 3 ming nusxada brayl alifbosida nashr etiladi;
  • Konstitutsiyaning yaratilish tarixiga bag'ishlangan arxiv hujjatlari ko'rgazmasi tashkil etiladi;
  • davlat tashkilotlarida “Mening Konstitutsiyam 31 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktanti tashkil etiladi;
  • maktab o'quvchilari o'rtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya – kelajagim mash'ali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovi o'tkaziladi.

 

Rasulbek IBRAGIMOV

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

Bosh maslahatchisi

 

Мавзуга оид