s
USD: Rub: Eur:
2024-06-28 164

Tergov sudyasiga sanksiyalar va majburlov choralarini qo'llash masalasini ko'rib chiqish vakolati beriladi

 Farmonga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7518) tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini, shu jumladan sanksiyalar va majburlov choralarini qo'llash masalasini ko'rib chiqish vakolati beriladi:

quyidagilar bo'yicha sanksiyalar:

➖qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash bilan bog'liq iltimosnoma;

➖qamoqda saqlash yoki uy qamog'i muddatini uzaytirish masalalari bilan bog'liq iltimosnoma;

➖pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnoma;

➖murdani eksgumatsiya qilish haqidagi iltimosnoma;

➖pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi iltimosnoma;

➖tintuv o'tkazish haqidagi iltimosnoma;

➖telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi iltimosnoma;

➖mol-mulkni xatlash to'g'risidagi iltimosnoma;

✅ quyidagilar bo'yicha majburlov choralari:

➖ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi iltimosnoma;

➖shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi iltimosnoma;

➖ayblanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimosnomasi;

➖ushlab turish muddatini 48 soatga qadar uzaytirish to'g'risidagi iltimosnoma;

 Prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da'vogarning) ko'rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to'g'risidagi iltimosnomasi.

                      Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 

Мавзуга оид