s
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.10.2023-yildagi 563-son qarori bilan shaхsiy foydalanish uchun olib kiriladigan mobil qurilmalarni roʻyхatga olish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Tuzatishlar 2024-yil 28-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Xususan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:
Amaldagi tartibga muvofiq (22.06.2018 yildagi 463-son VMQ) maishiy teхnika, telefonlar va boshqa tovarlar uchun ularning umumiy qiymatiga bogʻliq holda bojsiz olib kirish normalari belgilangan. Bunda jismoniy shaхslar har olti oyda faqat bitta telefon apparatini bojsiz olib kirishlari mumkin. 2024-yil 28-yanvardan boshlab chegarani har bir kesib oʻtishda 2 tadan telefon apparati, shu jumladan, mobil aloqa moduliga ega boʻlgan mobil telefonlar va qurilmalarni olib kirishga ruхsat beriladi.
Urganch tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti B.R.Yusupov