s
Davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini OAVda yoritilishiga ko‘maklashishi kerak.
Davlat siyosati yoki davlat organlari va tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi ommaviy bayonotlar davlat organlari va tashkilotlari rahbari yoki mazkur yo‘nalish bo‘yicha vakolatli mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda ommaviy bayonot berilishi mumkin emas:
▫️ommaviy bayonot matni va mazmuni davlat siyosati yoki davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador bo‘lmasa;
▫️ommaviy bayonotda keltiriladigan axborotlar davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lsa;
▫️ommaviy bayonot boshqa davlat organlari va tashkilotlari nufuzini pasaytirish yoki ularning mansabdor shaxslarini kamsitishga yo‘naltirilgan bo‘lsa.
Davlat xizmatida jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida jamoatchilik tomonidan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga oid ayblov yoki tanqid bildirilgan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlari unga nisbatan bildirilgan ayblov yoki tanqidga ommaviy izoh yoxud raddiya berishi lozim.
Gurlan tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.Raxmatillaev